2022 yilning 28 yil oktabr kuni, BMTTD zo`ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish sohasidagi nodavlat va notijorat tashkilotlar (NNT) loyihalariga grant taqdim etish uchun tanlov g`oliblarini e`lon qildi.

2021 yilning noyabrida e`lon qilingan mazkur tanlovdan ko`zlangan maqsad O`zbekistondagi fuqarolik jamiyati tashkilotlarining zo`ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish yuzasidan faoliyatlarini qo`llab-quvvatlashdir.

BMTTDga kelib tushgan ko’plab murojaatlarni ko’rib chiqish natijasida, Tanlov komissiyasi quyidagi tashkilotlar loyihalarini moliyalashtirishga qaror qabul qildi:

Zikr etilgan tashkilotlar loyihalari ijtimoiy tarmoqlardan samarali foydalanish, aholining tegishli qatlam vakillariga ruhiy salomatlik va psiho-ijtimoiy ko`mak ko`rsatish deradikalizatsiya sohasida xorijiy ilg’or tajribalarni tadqiq etish va unlarni O`zbekiston sharoitida tadbiq qilish istiqbollarini o`rganish kabi zo`ravon ekstremizga qarshi kurashish va uni oldini olish sohasidagi muhim yo`nalishlarga urg`u beradi.

Tanlov «Osiyoda zo’ravon ekstremizmga qarshi barqarorlikni kuchaytirish (STRIVE Asia)» global loyihasi – Yevropa Ittifoqi va BMTning qo’shma hamkorligi, doirasida tashkil etildi. Loyiha Markaziy, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoda tegishli tomonlar ishtirokida, jumladan hukumat, fuqarolik jamiyati va hususiy sektor vakillari bilan birgalikda zo’ravon ekstremizmga qarshi kurashish va uni oldini olish sa`y-harakatlariga hissa qo`shishni nazarda tutadi.

Manba: https://www.undp.org/uz/uzbekistan/press-releases/zoravon-ekstremizmga-qarshi-kurashish-va-uni-oldini-olish-sohasidagi-loyihalar-grant-tanlovi-goliblari-elon-qilindi