8 oktyabr 2022 y., Toshkent shahridagi “Hotel Inspira-S Tashkent” mexmonxonasida “Xalqaro metodikalarni oʻrganish va professional taʼlim tizimiga «WorldSkills» standartlarini joriy qilish: yuqori malakali kadrlar tayorlash boʻyicha Oʻzbekiston va xorijiy mamlakatlarning tajribasi, yangi masalalar va texnologik oʻzgarishlarning taʼsiri” mavzusidagi halqaro seminar boʻlib oʻtdi.

Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash Jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2021 yil 23 avgustdagi 16-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekistondagi professional taʼlim muassasalari oʻquv jarayoniga xalqaro darajada kadrlar tayyorlaydigan «WorldSkills» standartlarini joriy etish” nomli ijtimoiy buyurtmasi doirasida tashkil qilindi.

Loyiha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi buyurtmasi asosida “Muloqot” jamoat birlashmasi tomonidan amalga oshirilgan. Tadbir xamkorlaridan biri – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar taʼlimi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti hisoblanadi.
“Muloqot” jamoat birlashmasi tashkilotchiligida soʻnggi 12 oy davomida malakali pedagoglar, metodistlar, oʻqituvchilar va ekspertlardan iborat 40 kishilik ishchi gurux «WorldSkills» standartlari asosida 7 ta kasb boʻyicha yangiandozadagi malaka talab, oʻquv rejalar, taʼlim dasturlar va fan modullarini ishlab chiqdi. Kasblar orasida gʻisht terish, quruq qurilish, payvandlash, elektromontaj, santexnik, oshpazlik va sartaroshlik tanlangan boʻlib, bu yoʻnalishlarda ichki va tashqi mexnat bozorlarida talab juda yuqori. Shuningdek, onlayn kasb oʻqitishni joriy etish maqsadida taʼlim platformasi xam yaratildi. Bu tizim hozircha test-rejimida ishlab turibti. Seminar davomida ishchi gurux vakillarining erishgan natijalari sarhisob qilindi. Tadbirda Janubiy Koreya, Belorus, Qozogʻiston va Ozarbayjonning 6 nafar vakillari xam xorijiy xamkor sifatida onlayn tarzda ishtirok etdi. Ularning fikr-mulohazalari va tajribalari muxokama qilindi. Shuningdek, Oʻzbekistonning 23 ta turli xil vazirlik, uyushma, kasb-xunar maktablari, monomarkazlar va pedagogik institutlar vakillari oʻzlarining ekspert hulosalari bilan qatnashdi.

Tadbir oʻzbek, ingliz va rus tillarida tashkil qilindi.
