Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2021 yil 23 avgustdagi 16-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbekistondagi professional taʼlim muassasalari oʻquv jarayoniga xalqaro darajada kadrlar tayyorlaydigan «Worldskills» standartlarini joriy etish» ijtimoiy buyurtmasi doirasidagi navbatdagi ishchi seminar 2022 yilning 19 fevral kuni Toshkent shahrida oʻtkazildi.

Tadbir “Muloqot” jamoat birlashmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Mehnat bozori tadqiqotlari instituti bilan xamkorlirda tashkil etildi. Undan koʻzlangan asosiy maqsad, ishchi guruh vakillariga kasbiy standartlarni ishlab chiqish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berish, shuningdek malaka talab, oʻquv rejasi, oʻquv dasturi, taʼlim dasturi, modullar va baholash tartiblarini ishlab chiqish kabi masalalar yuzasidan xam fikr almashinildi.

Mehnat bozori tadqiqotlari instituti direktori Xolmuxamedov Murodullo Maxmudovich tadbir qatnashchilariga kasb standartlarining maqsadi va vazifasi haqida interfaol usulda tushuntirib berdi. Shuningdek, Mehnat instituti xodimi Saidrasulova Xolida Bekpoʻlatovna oʻz chiqishida Milliy kasbiy standartlarni yaratilish metodikasi haqida alohida toʻhtalib oʻtdi.

Qiziqarli bahs-munozaralar bilan oʻtgan tadbirda, turli vazirlik va pilot taʼlim muassalaridan kelgan ekspertlar «Worldskills»ning 7 ta kompetensiyalari: 1) Oshpazlik, 2) Elektromontaj, 3) Payvandlash texnologiyasi, 4) Quruq qurilish va  pardozlash ishlari, 5) Santexnika va isitish tizimlari, 6) Sartaroshlik, 7) Gʻisht terish  boʻyicha xam fikr almashdilar.