Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarini va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi mablagʻlarini boshqarish boʻyicha Parlament komissiyasining 2021 yil 23 avgustdagi 16-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Oʻzbekistondagi professional taʼlim muassasalari oʻquv jarayoniga xalqaro darajada kadrlar tayyorlaydigan «Worldskills» standartlarini joriy etish» ijtimoiy buyurtmasini amalga oshirishga qaratilgan bir kunlik ishchi seminar 2022 yilning 19 fevral shanba kuni Toshkent shahridagi Mehnat instituti binosida vebinar va offlayn shaklida oʻtkazilishi rejalashtirildi.
Ushbu loyiha doirasida «Worldskills»ning 7 ta kompetensiyalari:
(1) Oshpazlik,
(2) Elektromontaj,
(3) Payvandlash texnologiyasi,
(4) Quruq qurilish va pardozlash ishlari,
(5) Santexnikava isitish tizimlari,
(6) Sartaroshlik,
(7) Gʻisht terish boʻyicha kasbiy standartlar, malaka talablar va namunaviy oʻquv dasturlari va baholash tartiblari ishlab chiqish rejalashtirilgan.
Manzil: Olmazor tumani, Umid koʻchasi, 16-uy, 2-qavat, konferensiya zali (avvalgi Qurilish kasb-hunar kolleji, Turin politexnika instituti yoki Olmazor tumani hokimligi qarshisidagi mahalla).
Diqqat: Tadbirda qatnashish faqat taklifnoma asosida.
Qoʻshimcha maʼlumotlar olish uchun: +998977205197